She'rlar - Matnlar.uz - O'zbekona qiziqarli ma'lumotlar to'plami

SHUXRAT SHOX -KUCHUKCHA
KUCHUKCHA
Do'mboqqina va momiq,
Kuchukcham bor, kuchukcha
Kuchukchamga uy qurdim,
Hovli chetida ixcham.
Sutga non tog'rab bersam,
Rosa yeydi pishillab.
To'ysa yotib oladi,
Labi-lunjini yalab.
Kuchukcha rus tilida,
"ЩeHoK" bo'lar, eslab qol.
Ingliz tilida "puppy"
Bu so'zni ham yodlab o.

SHUXRAT SHOX -TOTIQUSH
TOTIQUSH
Bu olamda bir qush bor,
Chiroyi zavą beradi.
Sayrash tugul, hatto u
Insonday gapiradi.
- Qani Manzura qizim,
Ayting-chi, bu qaysi qush?
- Bilaman, bog cha opa,
Uni derlar totiqush.
- Barakalla, jon qizim,
Aqlingiz koʻpdir chunon.
Endi tarjimasini,
Aytib bering-chi shu on!
Totiqush rus tilida
"ПАПУГАЙ' Dir, 'папугай'
Ingliz tilida "parrot,
Sorang yana, men aytay.

RAXIMOV SHUXRAT _QUYON
QUYON
Bir jonzot bor o'rmonda,
Eng qorqoq va eng chaqqon.
Sabzini xush koʻrar u,
U nimadir? U quyon.
"Rabbit deymiz quyonni,
Ingliz tilida o'rtoq.
Ruschasiga "kролик",
Eslab qol buni shu chog.
Quyonni hatto uyda,
Parvarish qilishadi.
U yoqimtoy ekanin,
Bolalar bilishadi.
Aqilli bolajonlar,
Ozor bermas quyonga.
Jonzotga mehr bersang,
U do'st boʻlar insonga.

RAXIMOV SHUXRAT _SHER
SHER
"Lion' derlar inglizchada,
Rus tilida "лeB` deymiz.
Ozbekchada uni biz,
Sher deya ta'riflaymiz.
Paxmoq bolib turadi,
Uning sochi, soqoli.
Bolalar, bilasizmi?
Sher - ormonning qiroli.
BAlsIQ
Dengizlarda, ko'llarda
Boladi u tola. lia

RAXIMOV SHUXRAT _KABUTAR
Ranglari turli-tuman,
Tanasida yumshoq par.
Eng chiroyli qushdir u,
Tinchlik qushi kabutar.
"Dove" deydilar uni,
Ingliz tilida bilsang.
Uchib ketmas uyingdan,
Mehringni oshkor qilsang.
Rus tilida kaptarni,
"голуб° derlar, yod oling.
Hamma gapni bolalar,
Miyada saqlab qoling.

RAXIMOV SHUXRAT _CHUMOLI
CHUMOLI
Tinim bilmay ishlaydi,
Tugab qolguncha holi.
Mittigina hasharot,
Mehnatsevar chumoli.
'Ant" deya aytisharlar,
Ingliz tilida uni.
"Mypaвeй rus tilida,
Eslab qolinglar shuni.
Chumolining uyiga,
O'rtoqjon, qum toldirmang.
Esi yo'q bolalarday,
Uni bosib oldirmang.

SHUXRAT RAXIMOV - QALLDIRGOCH
QALLDIRGOCH
Kozlari munchoq-munchoqg,
Qizaloqman tillasoch.
Yoqtiraman bahorda,
Uchib kelsa qaldirg'och.
Don beraman unga men,
Chug illaydi, qochadi.
Loydan qurgan inida,
Har yil bola ochadi.
Bobom deydi: "Qaldirg'och,
Barakali qush, qizim.
Shu sabab qaldirg'ochni,
Yaxshi ko'raman o'zim”.

SHUXRAT RAXIMOV - QAYIQ
QAYIQ
Tanang yayraydi minsang,
Maqtovlarga u loyiq.
Yerdamas, suvda yurar,
Eshkaklari bor qayiq.
Rus tilida qayiqni,
"Лодка" derlar, unutma.
Ingliz tilida “boat",
Yodingdan yiroq tutma.
Qancha ko'p so'z o'rgansak,
O'zimizga ko'p foyda.
Ko'p tilni bilgan bola,
Xor bo'lmaydi hech joyda.

SHUXRAT RAXIMOV - BUG'DOY
BUG'DOY
Loppi-lo'ppi shirmoy non,
Chiqib kelar tandirdan.
Ammo xamir tandirga,
Kelib qolmaydi birdan.
Avvalo dehqon bobo,
Yetishtiradi bug'doy.
Bug'doy bilan yurtimiz,
Obod bo'lar, bo'lar boy.
"Пшеница" deydilar,
Rus tilida bug'doyni.
Ingliz tilida "wheat"
Eslatar yarim oyni.
Bug'doy yanchilib olgach,
Tushadi tegirmonga.
Un bo'lib kirib borar,
Har bitta xonadonga.
Shundan so'ng u tandirdan,
Bo'lib chiqar shirmoy non.
Shu non bilan azizdir,
Ne'mat toʻla dasturxon!

SHUXRAT RAXIMOV - BAYROQ
BAYROQ
O'n ikkita yulduzcha,
Hamda bitta yarim oy.
Yashil, oq va koʻk ranglar,
Uni bezar, Bozorboy.
Qani top-chi, u nima?
Bilimingni sinab
boq!
- Topish muammo emas,
U yuzimiz – u bayroq.
Bayroqga va Vatanga,
Sodiq bo'lgin, o'rtoqjon.
Bayroq tugʻi ostida,
Yashnagay O'zbekiston!