Yulduz Usmonuva - Muhabbat (2021)

Muhabbat ne desang – ko`ngil ardog`im,
Ishqning ko`chasida qizil yanog`im.
She’r yozay desam goh, titrar barmog`im,
Seni yaxshi ko`rar edim, muhabbat.
Pinhona bu uchrashuvlar yodimda,
Baxtdan rosa quvonganim yodimda.
Ammo mangu qolmadingku yonimda,
Olislarda qolib ketdi muhabbat…
Kimda xato, kimda ayb bilmayman, bilmayman,
Yodga tushsa yoding, dildan qo`ymayman, qo`ymayman.
Savollarimga hech javob topmayman, topmayman,
Seni yaxshi ko`rar edim, muhabbat. (x2)
Yurak qurg`ur ul damlarni qo`msaydi,
Qani bir zumga shu onlar qaytsaydi,
Menga keraksan, deb yana aytsaydi,
Olislarda qolib ketdi muhabbat.
Ilk muhabbat doim yodda qolarkan,
Goh eslasang, yuragingni tilarkan.
Har insonning boshida shu bo`larkan,
Shirin xotira bo`ldingku, muhabbat.
Kimda xato, kimda ayb bilmayman, bilmayman,
Yodga tushsa yoding, dildan qo`ymayman, qo`ymayman.
Savollarimga hech javob topmayman, topmayman,
Seni yaxshi ko`rar edim, muhabbat. (x2)
Комментариев 0