YURTIM BOLASI

O‘n sakkiz ming olam sevinch, nolasi,
Hayrati, umidi, alami bilan
Sen dunyoga kelding, yurtim bolasi,
O‘n sakkizinchi million rakami bilan.
Onang Uzbekiston seni o‘radi
Yanvar dalasining oq yo‘rgagiga.
Senga alla aytdi keksa samovot
Egilib zaminning belanchagiga.
Hozir kimdir senga tikmokda libos,
Kim sen yashar uyga ilk g‘isht qo‘ymoqda.
Kichkina joningga lekin kay g‘anim
Yuz ming megatonli bomba kuymokda.
Sertashvish asrda dunyoga kelding,
Ona yurtingga hech bo‘lmagan oson.
Bukun ham bir qo‘lda seni ardoqlab,
Bir kuli boshingda ushlagan qalqon.
Maksad manziliga yo‘l mushkul, olis,
Jannat bulgancha yuk bu aziz tuproq.
Falak tokidagi yulduzlar kancha,
Ko‘ksimizda umid yuz karra ko‘proq.
Men ham umid bilan tongda she'r bitdim,
Sen - yangi mexmonning bahonasida.
Un besh yoshga kirib o‘qirsan shoyad
Ikki minginchi yil ostonasida.
Hozir esa yig‘la, qichqir, ovozing
Taralsin dunyoning har to‘rt yog‘iga.
Murg‘ak vujud bilan bong ur til bo‘lib
Bokiy omonlikning qo‘ng‘irog‘iga.
Комментариев 0