Ifor kelmush

Gar uyg‘onsam, erta nahor, bir ajoyib, ifor kelmush,
Bu tun kim -chun, bemorligu, kim uyqusiz, bedor kelmush.
Yuzim chaysam zavq olurman, har chog‘u, har lahzalarda,
O‘ziga xos viqor bila, suvlar to‘la anhor kelmush.
Qaldirg‘ochning chug‘uri ham shu elning zo‘r shukronasi,
Xush ovozli bulbul ila sho‘xu-shodon bir tor kelmush.
Qanttak o‘rik novdasiga bog‘labon zar kokillarin,
Go‘yo atrof yoritguvchi Oy yuzli yor, dildor kelmush.
Bu o‘lkaki jannatmakon, ta’rifi ming tilda doston,
Aytingizchi shu el ichra, qay bir dilga g‘ubor kelmush?
Ey Sherzod xo‘p alqading sen ne sababdin diyoringni?
Chunki do‘stlar yurtimizga kelinchak hur bahor kelmush!
Комментариев 0