Jonojon baxor

Inson koʻzlarida jon olar bahor,
Barcha tomirida uning toʻlqini.
Oʻtmishning behuda oni kabi qor,
Beiz, bedard erib ketar uchquni.
Inson koʻzlarida jon olar bahor,
Oʻyinqaroq goʻdak singari bulut.
Koʻk qovogʻi uyuq, yorqin bir viqor,
Kishilar qalbidan boqar boʻlib oʻt.
Bahorning sehrgar boqiy chiroyi,
Yosh-u keksa koʻnglin ovlaydi birdek.
Koʻzguni sindirib tashlar. Chiroyi
Har kishining yoshi bu fasl dildak.
Har nurga, har qushga, har kurtakka shod,
Benihoya yaqin boʻladi yiroq.
Goʻyo sensiz hosil boʻladi barbod,
Har tikilgan chigit koʻksing etar tog‘.
Bahor boʻlmasaydi, odamzod albat,
Oʻzi kashf etardi, kashf etganday baxt.
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!