
BUG'DOY
Loppi-lo'ppi shirmoy non,
Chiqib kelar tandirdan.
Ammo xamir tandirga,
Kelib qolmaydi birdan.
Avvalo dehqon bobo,
Yetishtiradi bug'doy.
Bug'doy bilan yurtimiz,
Obod bo'lar, bo'lar boy.
"Пшеница" deydilar,
Rus tilida bug'doyni.
Ingliz tilida "wheat"
Eslatar yarim oyni.
Bug'doy yanchilib olgach,
Tushadi tegirmonga.
Un bo'lib kirib borar,
Har bitta xonadonga.
Shundan so'ng u tandirdan,
Bo'lib chiqar shirmoy non.
Shu non bilan azizdir,
Ne'mat toʻla dasturxon!
Комментариев 0