QUYON
Bir jonzot bor o'rmonda,
Eng qorqoq va eng chaqqon.
Sabzini xush koʻrar u,
U nimadir? U quyon.
"Rabbit deymiz quyonni,
Ingliz tilida o'rtoq.
Ruschasiga "kролик",
Eslab qol buni shu chog.
Quyonni hatto uyda,
Parvarish qilishadi.
U yoqimtoy ekanin,
Bolalar bilishadi.
Aqilli bolajonlar,
Ozor bermas quyonga.
Jonzotga mehr bersang,
U do'st boʻlar insonga.
Комментариев 0