
TOTIQUSH
Bu olamda bir qush bor,
Chiroyi zavą beradi.
Sayrash tugul, hatto u
Insonday gapiradi.
- Qani Manzura qizim,
Ayting-chi, bu qaysi qush?
- Bilaman, bog cha opa,
Uni derlar totiqush.
- Barakalla, jon qizim,
Aqlingiz koʻpdir chunon.
Endi tarjimasini,
Aytib bering-chi shu on!
Totiqush rus tilida
"ПАПУГАЙ' Dir, 'папугай'
Ingliz tilida "parrot,
Sorang yana, men aytay.
Комментариев 0