Baxor haqida sher

Uchib yurar mayin shamollar,
Yelpib-yelpib anhor yuzini.
Qirgʻoqlarda soyabon tollar
Oyna-suvda koʻrar oʻzini.
Tong yellari oʻynoqlab sekin,
Jiydazorga kirib yoʻqolar.
Maysa oʻtlar tebranib sekin,
Orqasidan kuzatib qolar.
Chumchuqlarning ogʻzida choʻp-xas,
In qoʻyishar tutlar ustiga.
Koʻkni quchgan teraklar tinmas,
Oro berar kulrang poʻstiga.
Bedapoya, yam-yashil oʻtloq,
Chinorlarda qushlar chugʻurlar,
Koʻklam koʻrkin koʻrdingmi, oʻrtoq,
Chamanzordek hammayoq gullar.
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!