Juma kuni muborak

Mehringiz faqat ollohga bo‘lsin,
Qalbingiz iymon nuriga to‘lsin,
Har kuningiz shunday quvonch-la o‘tsin,
Juma kuningiz muborak bo‘lsin!
O‘tayotgan go‘zal tong muborak!
Orzular ushaluvchi kun muborak!
Qalblarni tozalovchi shu on muborak!
Eng qadrli ayyom Juma muborak!
Duoga qol oching tolmasin bilak
bugun sorayvering har neki tilak
fayzi bilan berur Alloh taborak
tavba sohibiga Juma muborak
Sizga bor go‘zal tilak,
Barcha kunlardan bo‘lak,
Ulug‘ bayramlardan biri,
Juma Ayyom muborak!
Iymoning oxiri nurli kelajak,
Jannatga kalit yo‘q namozdan bo‘lak.
Maqsad yo‘q savob ish qilishdan bo’lak,
Allohning sevgan kun juma muborak.
Tortiq bo‘lsin sizga duo-salomlar,
Dunyoda eng go‘zal shirin kalomlar.
Iloho uyingiz nurlarga to‘lsin,
Juma ayyomingiz muborak bo‘lsin.
Ahli oilangizga salomim ayting
Ulug‘ kun ila aytgan tabrigim ayting
Sizlarni eslarman duo qilgan vaqtim
Juma ayyomingiz muborak bo’lsin!
Комментариев 0