
BU DARAXT...
Qanday yaxshi,
hamma o‘z ishini qilsa
bu Daraxt girdida, bu Daraxt uchun:
Ikki darë mullab suv tashib tursa,
quyosh har bargiga qavisa uchkun.
Bog‘bon ham o‘z burchin utasa bilib:
Kachon sovuk kelar, kachon shamollar?
Quriganin qirqib, bachkisini yulib,
tomiridan asrab soglom nixollar.
Sozdir, bunda har tong polaponlarga
muallima bulbul o‘rgatsa navo.
Kuzning samari ham muxtoj jonlarga
ulashib berilsa teng va muvaso.
Toki bobomeros bu ulug Daraxt
yanada oshirsin kurku sarvatin,
shoirlari olam kezsinlar purbaxt,
ko‘kragiga bosib uning suvratin.
Комментариев 0