
QAYIQ
Tanang yayraydi minsang,
Maqtovlarga u loyiq.
Yerdamas, suvda yurar,
Eshkaklari bor qayiq.
Rus tilida qayiqni,
"Лодка" derlar, unutma.
Ingliz tilida “boat",
Yodingdan yiroq tutma.
Qancha ko'p so'z o'rgansak,
O'zimizga ko'p foyda.
Ko'p tilni bilgan bola,
Xor bo'lmaydi hech joyda.
Комментариев 0