Himoya oynasi iPHone 17 ekranining afzaliklari

Demak, iPhone 17 ekrani avvalgi modellarga nisbatan ancha ilg‘or ekranga ega bo‘lsa-da, himoya oynasi qo‘llanganda antireflektiv ko‘rsatkich iPhone 16 Pro darajasidan ham yomonlashadi.
Buning sababi oddiy: Ceramic Shield 2 dagi maxsus qatlam faqat havo bilan bevosita aloqa bo‘lgandagina ishlaydi. Himoya oynasi qo‘llanganda esa kislorod oqimi to‘siladi, qo‘shimcha shisha yelimi esa qatlamning funksiyasini bloklaydi va uning texnologik afzalligi yo‘qoladi. Astropad ekspertlari aynan shu mexanizm tufayli foydalanuvchilar kutilgan natijani olmasligini ta’kidlamoqda.
Shu sababli bugungi kunda iPhone 17 foydalanuvchilari oldida ikki asosiy tanlov paydo bo‘lmoqda:
• ekranning yangi antireflektiv imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish uchun telefonni himoya oynasisiz ishlatish yoki
• ekranni chizilish va zarbalardan himoya qilish maqsadida himoya oynasi qo‘llab, quyoshga qarshi qoplamaning afzalligidan voz kechish.Muammoning muqobil yechimi sifatida aksessuar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar o‘zining maxsus antireflektiv qatlami mavjud bo‘lgan himoya oynalarini taqdim eta boshlashdi. Bunday himoya oynalari Ceramic Shield 2 texnologiyasining afzalliklarini saqlab qolish, hatto kuchaytirish imkonini berishi mumkin.
iPhone 16 Pro — 3,8% • iPhone 17 Pro — atigi 2,0% • Himoya oynasi qo‘yilgan iPhone 17 — 4,6%
Комментариев 0