
Zo`rman deydi, aslida xo`rday bo`ladi,
Ko`zi ochiq bir so`qir ko`rday bo`ladi,
Yashnamas bundaylar, faqat so`ladi,
Xotinni onadan ustun qo`yganlar.

Zo`rman deydi, aslida xo`rday bo`ladi,
Ko`zi ochiq bir so`qir ko`rday bo`ladi,
Yashnamas bundaylar, faqat so`ladi,
Xotinni onadan ustun qo`yganlar.

Osmondan nur yog`ar oy bu,
Dillardan ketar ming qayg`u,
Poklanar dillar va tuyg`u,
Ramazon oyi bu.

Ko`zlarimga keng dunyolar tor bo`ldi,
Sochlarimda alam-alam qor bo`ldi.
Sevaman deb aldab ketgan bevafo,
Sevgan yorim qishlog`imga yor bo`ldi.

Muhabbat ne desang – ko`ngil ardog`im,
Ishqning ko`chasida qizil yanog`im.
She’r yozay desam goh, titrar barmog`im,
Seni yaxshi ko`rar edim, muhabbat.

Qora qosh ko`zida yosh,
Menga qarab turibdi bekat yonida.
Avtobus kelmaydi hanuz,
Mana uchrashdik yuzma-yuz,
Qara yomgirlarda buncha
Go`zal bo`lmasa kuz.

Jayronning yo`lini kutmasdan,
Janonning qo`lini tutmasdan
Vayrona dillarni titmasdan,
Onamni o`ylasam bo`larkan

Ko’zmunchog’im, qo’lingdagi
Ko’zmunchog’ing uzilibdi.
Eh, negadir shu kunlarda
Xayollaring buzilibdi.