
Orol kuriyapti,- dardi ko‘p og‘ir,
Topolmay yotibmiz dardiga davo.
Agar shu zaylda ketsa atrofda
Iqlim o‘zgaradi, buzilar havo.
Asrlar Orolga suv berib kelgan
Amu bilan Sirning to‘sildi yo‘li.
Orol Amusidan ajralib koldi,
Bu ishda bor, shaksiz, insonning qo‘li.
Nasoslar o‘rnatib, kanallar qazib
Amu suvlarini har yoqqa tortdik.
Amuni tushovlab, «xomtalash» qilib
Unga haddan ziyod og‘ir yuk ortdik.
Azim daryolardan vakti kelganda
Cho‘llarga suv olish zarurmi?- Zarur!
Obihayot keldi ko‘hna bo‘zlarga,
Sahrolar gul ochdi, -nur ustiga nur.
Комментариев 0