✍️ Sheʼrlar

Orol kuriyapti,- dardi koʻp ogʻir

6 marta oʻqildi
Orol kuriyapti,- dardi koʻp ogʻir

Orol kuriyapti,- dardi koʻp ogʻir,
Topolmay yotibmiz dardiga davo.
Agar shu zaylda ketsa atrofda
Iqlim oʻzgaradi, buzilar havo.

Asrlar Orolga suv berib kelgan
Amu bilan Sirning toʻsildi yoʻli.
Orol Amusidan ajralib koldi,
Bu ishda bor, shaksiz, insonning qoʻli.

Nasoslar oʻrnatib, kanallar qazib
Amu suvlarini har yoqqa tortdik.
Amuni tushovlab, «xomtalash» qilib
Unga haddan ziyod ogʻir yuk ortdik.

Azim daryolardan vakti kelganda
Choʻllarga suv olish zarurmi?- Zarur!
Obihayot keldi koʻhna boʻzlarga,
Sahrolar gul ochdi, -nur ustiga nur.

Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!