Umr oqaverar olmadek qalqib

Umr oʻta berar... Ochilar gullar.
Umr oʻta berar... Gullar soʻladi.
Kecha tovoningga osilgan yoʻllar
Bugun manglayingda sendan kuladi.
Uylaysan, oʻylaring yomgʻir oralab -
Chiqqan kamalakka oʻqdek joylanar...
Goh tongni sezmaysan qogʻoz qoralab,
Chirogʻing quyoshga asta aylanar.
Garchand kuz okshomi inib surmadek,
Bogʻni putratsa-da quzgʻun qanoti.
Cen kuzdan bahorga qoʻngan turnadek:
Nazdingda hech erur qishning hayoti.
Sen hamon oʻylaysan... oʻylaring balqib,
Ayozli oynaga gullar chizadi.
Umr oka berar... Olmadek qalqib,
Sheʼring ufqqa tomon asta suzadi
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!